24 Sentyabr 2021 yil 500

“Vatanparvarlik kuni” mavzusidagi maʼrifiy tadbir

Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi va Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʼlimi bilan imzolagan qoʼshma memorandumga asosan har haftaning juma kuni “Vatanparvarlik kuni” mavzusida maʼrifiy tadbirlar boʼlib oʼtmoqda. hamda Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyati boʼlimi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari xodimlari ishtirok etgan yigʼilishni uyushma rahbari atoqli shoir Oʼroz Haydarov ochib, barcha sohalarda boʼlgani kabi ichki ishlar organlari xodimlarining maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinayotganini taʼkidladi.
Natijada sohada “Eng yaxshi kitobxon, “Bilimdonlar bellashuvi” va shu kabi qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, kitobxonlik kunlari tashkil etilgani bu boradagi ishlarning uzviy amalga oshirib kelinayotganidan dalolatdir.
Tadbirda ichki ishlar organlari xodimlariga mutola qilish uchun badiiy adabiyotlar tavsiya etilib, kitob mutolaasi bilan muntazam shugʼullanish har qanday soha vakilining bilimi, dunyoqarashi va fikrlash qobiliyati oshishida muhim omil ekanligi taʼkidlandi. Uchrashuv yakunida xodimlar Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʼlimi maʼnaviyat va maʼrifat burchagida jamlangan allomalarimiz merosi, kitoblar va koʼrgazmali qurollari bilan yaqindan tanishdilar.

Text to speech