“Vatanning yosh himoyachilarimiz”
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil
etilganligining 33 yilligini hamda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni
munosabati bilan Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tasarrufidagi
“Yulduzcha” maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yangi o‘zbekiston armiyasi –
mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” shiori ostida “Vatanning yosh
himoyachilarimiz” nomli bayrami tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda maktabgacha ta’lim
tashkiloti tarbiyachilari va tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda milliy armiyamiz, uning qudrati va imkoniyatlari,
sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash borasidagi mashaqqatli va sharafli
xizmatlari hamda harbiylarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida
ishtirokchilarga ma’lumotlar berildi.
Shundan so‘ng, tarbiyachilar va bolajonlar tomonidan
tayyorlangan harbiy mashq va boshqa sahna ko‘rinishlari, Vatan, harbiylar
haqidagi she’rlar va qo‘shiqlar namoyish etildi.
Tadbirda
bolajonlar aytgan she’r va qo‘shiqlar tomoshabinlarda o‘zgacha taassurot
qoldirdi.