18 Noyabr 2020 yil 627

Vatanimiz bayrogʼi–faxrimiz, gʼururimiz !

18-noyabr Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼi qabul qilinganligining 29-yilligi munosabati bilan “Vatanimiz bayrogʼi –faxrimiz, gʼururimiz !” shiori oʼtkazilayotgan tadbirlar Qashqadaryo viloyatida ham koʼtarinki ruhda boʼlib oʼtmoqda. Аna shunday tadbirlardan biri Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan vohaning Qamashi tumani markazida  joylashgan 4-sonli Mehribonlik uyida tashkil etildi. 

Davra suhbati tarzida tashkil etilgan tadbirda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarga  davlatimiz ramzi - Oʼzbekiston Respublikasi davlat bayrogʼi toʼgʼrisida tushunchalar berilib, tarbiyalanuvchilarning Vatanparvarlik  tuygʼularini shakllanishiga muhim omillardan biri boʼldi desak mubolagʼa emas.

Koʼtarinki ruhda oʼtkazilgan tadbirda muassasa tarbiyalanuvchilariga Qashqadaryo viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi tomonidan tayyorlangan “Vatanimiz bayrogʼi–faxrimiz, gʼururimiz !” nomli bukletlar, flagshtok hamda mehribonlik uyi kutubxonasi uchun 80 dona turli mazmundagi bolalar va kattalar uchun badiiy adabiyot hamda kitoblar berildi.

Text to speech