9 Avgust 2022 yil 467

“Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!”

Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan  “Vatanparvarlik oyligi”da Qarshi shahar IIOFMB xodimlar o‘rtasida turli tadbirlar, sayohatlar tashkil etilmoqda. Jumladan, navbatdagi tadbir viloyat IIB faxriylari va yoshlar ishtirokida tashkil etildi.

“Uch avlod uchrashuvi” shiori ostida  tashkil etilgan tadbirda shaxsiy tarkibning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishi, ma’naviy- ma’rifiy bilimi, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lishi xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, xodimlarni Vatanga, yurtga muhabbat, kasbga  sadoqat ruhida tarbiyalash, ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, kasbiy jangovarligini oshirish, xizmat intizomi buzilishini oldini olish, korrupsiya holatlariga murosasiz bo‘lish xususida fikr mulohazalar bildirildi.

Bu boradagi ishlar joylarda davom ettirilmoqda.

Text to speech