7 Yanvar 2023 yil 249

“Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch!”

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari va shahar-tuman IIB hamda Transportda XTB shaxsiy tarkibi bilan “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch!” shiori boshqarma faxriylar kengashi bilan hamkorlikda “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Viloyat IIB faxriylar kengashi, ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan xodimlar va yoshlar ishtirok etgan tadbirda har bir xodimda Vatanga, yurtga muhabbat, kasbga  sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, ularni shu ruhda tarbiyalash, ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, kasbiy jangovarligini oshirish, xizmat intizomi buzilishini oldini olish, korrupsiya holatlariga murosasiz bo‘lish xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, shaxsiy tarkibning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishi, ma’naviy- ma’rifiy bilimi, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lishi xususida ham taklif va tavsiyalar  berildi.

Bu boradagi ishlar joylarda davom ettirilmoqda.

Text to speech