Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch!
Qashqadaryo viloyati IIBda sohaviy xizmatlar rahbarlari
ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishida boshqarma boshlig‘ining birinchi
o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov so‘z olib, joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda
jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish,
sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash
borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarni atroflicha
tahlil etildi.
Huquqbuzarliklar, jinoyatlarni erta aniqlab oldini
olish va ro‘y berganlarini fosh etish, qonunbuzarliklarga barham berish, jamoat
va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda viloyat IIB tezkor va sohaviy xizmatlar
xodimlarining mas’uliyatini oshirish, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish
– oliy burch” g‘oyasi asosida faoliyatini yanada kuchaytirish lozimligi ishtirokchilarga
tushuntirildi.
Ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyat
davomida inson qadri uchun shiori ostida boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar
hamda keng jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikdagi fuqarolarning huquq va erkinliklarini
ta’minlash, qonuniy manfaatlarini himoya qilishi lozimligi ta’kidlandi.
Ko‘lami keng
yig‘ilishda kelgusida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilishi
lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan sohaviy xizmatlar rahbarlariga tegishli yo‘riqnomalar
berildi.