Vatan xizmatiga shaylangan yoshlar
IIV Qashqadaryo akademik
litseyida ta’lim muassasasiga yangi qabul qilingan o‘quvchilar va ularning ota-onalari
bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda IIV SHXB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha
boshqarmasi mas’ul xodimi, litsey rahbariyati va o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Yig‘ilishni litsey direktori, podpolkovnik Komil Nazarov ochib, ochiq va
shaffof sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, Vatan xizmatiga shaylangan, el
osoyishtaligini ta’minlashga bel bog‘lagan yosh o‘quvchilarni tabrikladi.
Ichki shlar organlari ta’lim muassasasida ilk
tahsilni boshlayotgan o‘quvchilarga dars jarayonlarida tartib-intizom va
qoidalarga rioya etish, o‘qishda va o‘qishdan tashqari vaqtda shaxsiy
xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi lozimligini uqtirdi.
IIV SHXB Qashqadaryo
viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi so‘zga chiqib, ota-onalar va litsey
o‘quvchilarga ta’lim muassasasida korrupsion holatlarni oldini olish va qarshi
kurashishi, tamagirlik va boshqa vakolatga kirmaydigan ishlarga aralashmaslik,
internet ijtimoiy tarmog‘idagi tavakkalchilikka asoslangan 1-XBETga o‘xshash
qimor o‘yinlari o‘ynamaslik bo‘yicha ishtirokchilarga tegishli yo‘riqnoma va
tavsiyalar berdi.
Tadbirda
ichki ishlar organi ta’lim muassasasida tahsil olayotgan har bir o‘quvchi
Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish uchun bilimlarni qunt bilan
egallashi, sport bilan shug‘ullanishi, tizim obro‘sini oshirishni o‘z oldiga
bosh maqsad qil ib qo‘yishiga ishonch bildirildi.