31 Yanvar 2025 yil
686
Valeybol musobaqasi
IIV Qashqadaryo akademik litseyi otalig‘iga olingan Qarshi tuman 6-maktab o‘quvchilarida Vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish, sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida doimiy ravishda bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari uyushtirib kelinmoqda. Jumladan, yaqinda maktabning 11-sinf va litsey o‘quvchilari o‘rtasida sportning valeybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Qizg‘in va murosasiz musobaqalarda litseyning
“Burgut” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, litsey direktorining tashakkurnomasi
va kubogi bilan taqdirlandi.
O‘zaro o‘rtoqlik ruhida o‘tgan musobaqa o‘quvchilarning jismoniy chiniqishini oshirishga xizmat qildi.