VАKTSINАTSIYF ISHLАRI АVJ BOSQICHDА
Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi keskin chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada boshqa sohalar qatori Qashqadaryo viloyati IIB Tibbiyot boʼlimi shifokorlari kechayu kunduz postlarda xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining salomatligini asrash yoʼlida bir qator tadbirlarni amalga oshirib kelayotir. Jumladan, boshqarma Tibbiyot boʼlimiga biriktirilgan ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, IIVga qarashli harbiy xizmatchilar ZF-UZ-VAK vaktsinasi bilan emlash ishlari allaqachon boshlangandi. Аyni kezlarda birinchi bosqich yakunlanib, vaktsinatsiya ishlarining ikkinchi bosqichi amalga oshirilmoqda. Shu paytga qadar boshqarma PPX va JTSB va uning sohaviy xizmatlari xodimlarining yetmish foizga yaqini ikkinchi vaktsina bilan emlandi.
Ushbu jarayonda koronavirus infektsiyasiga chalingan xodimlarning salomatligini nazorat qilish, tiklash, tibbiy maslahat berish va davo muolajalari oʼtkazish maqsadida boshqarma Tibbiyot boʼlimi huzurida kecha-yu kunduz Koronavirus shtabi faoliyat koʼrsatmoqda. Unda boʼlim shifokorlari va tor mutaxassislar bemorlarga tegishli davo muolajalari va tavsiyalarini berib kelmoqda.