14 Fevral 2025 yil 813

G‘uzorda "Salomatlik uchun 5000 qadam" ommaviy yurish marafoni o‘tkazildi

Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni ijrosi yuzasidan aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish ommaviy sportga jalb etish maqsadida G‘uzor tumanida "Salomatlik uchun 5000 qadam" shiori ostida piyoda yurish marafoni o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimligi masʼullari, keksa nuroniylar, o‘quvchi yoshlar, hamda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan faol aholi ishtirok etdi. Mazkur marafon badantarbiya mashg‘ulotlari bilan boshlanib, ishtirokchilar markaziy “Mustaqillik” ko‘chasi bo‘ylab 5000 qadamni bosib o‘tishdi. Maʼlumot uchun, muntazam ravishda piyoda yurish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oldini oladi va tanadagi ortiqcha kaloriyani yo‘qotishda yordam beradi. Shunday ekan hurmatli fuqarolar, sog‘ligingizga vaqtida eʼtibor qarating maʼlum bir vaqtni piyoda yurish bilan o‘tkazing!

Text to speech