G‘uzorda ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi
Xalq qalbiga quloq solish, odamlarning dardu
tashvishini tinglash, muammolarini hal etish bugungi islohotlarning tub
mohiyatini tashkil etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qashqadaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri F.Jumayev, tuman hokimi
B.Suyunov, IIB boshlig‘i S.Qalandarov, tuman prkurori R.Sayfiyev, hokim
o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari va mahalla raislari ishtirokida ommaviy
sayyor qabul tashkil etildi.
Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘tkazilgan
qabulda 121 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, shundan 82 nafari ijtimoiy
himoya, bandlik, uy-joyini ta’mirlash, kredit ajratish, moddiy yordam
ko‘rsatish masalalarida bildirilgan murojaatlarga ijobiy yechim izlandi.
Murojaatlarning 33 tasi joyida ijobiy hal
etildi, 7 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi, 42 ta murojaatlar
o‘rganib chiqish uchun mas’ullarga topshiriqlar berilib, nazoratga olindi.
Shuningdek, 11 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj
fuqarolarga reabilitatsiya vositalari berildi.