29 May 2024 yil 559

G‘uzor tumanida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar bilan yo‘riqnoma o‘tkazildi

Viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Z.Xo‘janov, tuman hokimi B.Suyunov, tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik S.Qalandarov va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari tomonidan tumanda tungi vaqtlarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olish, jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida tuman IIB sohaviy xizmatlari va Milliy gvardiya xodimlariga “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbiri oldidan yo‘riqnoma o‘tkazdi.
Unda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, ayniqsa og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etilish sabab va omillarini aniqlab, bartaraf qilishda mahallaning tutgan o‘rni juda muhimligi ta’kidlab o‘tildi.
Yo‘riqnomada xodimlarga xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy amal qilgan holda xizmat olib borishlarini ta’kidlanib, fuqarolarning tinchligi, osoyishtaligi, jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida aniq topshiriqlar berildi.

Text to speech