6 Fevral 2025 yil 390

G‘uzor tumani “Qovchin” mahalla fuqarolar yig‘inida hududda xavfsiz muhitni yaratish va jinoyatlar va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi va G‘uzor tuman IIB rahbariyati, ichki ishlar va milliy gvardiya hamda aloqador tashkilotlar vakillari, “Qovchin” mahallasi yettiligi hamda fuqarolar ishtirok etishdi. Yig‘ilishda so‘z olgan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Talat Mamatkulov davlat rahbarining joriy yil 3 yanvar kunidagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash, tumanda kriminogen vaziyatni jilovlash, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishning ustuvor yo‘nalishlari ishtirokchilarga tushuntirildi. Tumanning “qizil” toifadagi “Qovchin” mahallasida yettilikning jinoyatlarni oldini olish borasidagi faoliyati tahlil etildi. Ichki ishlar organlari va milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda qonunbuzarliklarga barham berish bilan birga ta’sirchan, manzilli tadbirlarni ham amalga oshirish, “Namunali xavfsiz ko‘cha”, va “Namunali xavfsiz yo‘lak”larni tashkil qilish, o‘rnatilgan videokameralardan samarali foydalanish va fuqarolar gavjum to‘planadigan joylarga yangilarini  o‘rnatish hamda vaziyatni nazorat qilish uchun profilaktika inspektori va ichki ishlar boshqarmasi vaziyatlar markaziga integratsiya qilish choralarini ko‘rish topshig‘i berildi.

Mahallada ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligi va natijadorligini oshirish, bunda asosiy e’tiborni ishsiz xotin-qizlar, yoshlar, probatsiya hisobidagi shaxslar bilan muntazam ish olib borish hamda xorijda ishlayotgan fuqarolar bilan manzilli ishlarni amalga oshirish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, huquqbuzarlik sodir etishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni aniqlash va hal etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” asosida faoliyat ko‘rsatish lozimligi haqida mas’ullar tomonidan ishtirokchilarga tushuntirishlar berildi.Yig‘ilishda mahallada sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyati muhokama etilib, jinoyatni yuzaga kelishiga shart-sharoit yaratgan holatlar tanqidiy-tahlil etildi.

Muhokamada har qanday jinoyat uchun qonunda jazo belgilangani ta’kidlandi. Bu kabi jinoyatlarning oldini olish uchun mahallalar kesimida qator profilaktik ishlarni amalga oshirish, huquq-tartibot organlari va keng jamoatchilik hamkorligini kuchaytirish maqsadida profilaktik tadbirlar rejasi tuzildi hamda tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Text to speech