27 Iyun 2024 yil
664
G‘uzor tumani “Chanoq” mahallasida Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov boshchiligida sektorlar rahbarlari, boshqarma va tashkilotlar, Xalq qabulxonasi rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i, 3-sektor
rahbari polkovnik Abduvohid Ismoilov o‘ndan ortiq fuqarolarning ichki ishlar
organlarining tergov, tezkor qidiruv va profilaktika xizmati xodimlari olib
borilayotgan surishtiruv va tergov harakatlari, ishga kirish, “Himoya orderi”
berish bilan bog‘liq muammolarini
tingladi.
Ommaviy qabulda ayrim fuqarolarga huquqiy tushuntirish
berilib, mablag‘ va vaqt talab etadigan murojaatlar mas’ullarga ijro uchun
berilib, hal etish vazifasi yuklatildi.
Bu boradagi
ishlar davom ettirilmoqda.