15 Iyul 2022 yil 268

G‘uzor tuman tumani IIBda sarhisob yig‘ilishi o‘tkazildi

G‘uzor tuman IIBda joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Olimjon Abdullayev, tuman IIB rahbariyati, tezkor va boshqa sohaviy xizmat vakillari ishtirok etdi.

Sarhisob yig‘ilishida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Olimjon Abdullayev  joriy yilning o‘tgan davrida tumanda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarni atroflicha tanqidiy-tahlil qildi.

Huquqbuzarliklar, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish va ro‘y berganlarini fosh etish, qonunbuzarliklarga barham berish, jamoat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda tuman IIB tezkor va sohaviy xizmatlar xodimlarining boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini yanada kuchaytirish lozimligi ishtirokchilarga tushuntirildi. 

Tuman ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyat davomida inson qadri uchun shiori ostida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi xizmat davomida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan xodimlarga tashakkurnomalar topshirildi.

Yig‘ilish so‘ngida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Text to speech