20 Sentyabr 2021 yil 495

Uzoq yillardan buyon mamlakatimizda yashab kelyotgan fuqaroligi boʼlmagan shaxslarni fuqarolikka qabul qilish

Oʼzbekiston Respulikasining 2020 yil 13 mart kunidagi “Fuqarolik toʼgʼrisida”gi Qonunga koʼra, uzoq yillardan buyon mamlakatimizda yashab kelyotgan fuqaroligi boʼlmagan shaxslarni fuqarolikka qabul qilish ishlari jadal ketmoqda. Bu borada Qarshi shahar IIO FMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimi xodimlari tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yaqinda Qarshi shahrida yashovchi fuqaroligi boʼlmagan shaxs Аbdulaeva Zaynab Pardaevnaga shahar IIO FMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtirib berildi.
Oʼz navbatida fuqaro Аbdulaeva Zaynab muhtaram Prezidentimizga minnatdorchilik bildirib, davlatimiz taraqqiyoti va kelajagi uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solib, sadoqat bilan xizmat qilishini bildirdi.

Text to speech