4 May 2020 yil 527

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi PQ-4495-son “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʼalabaning 75 yilligiga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019 yil 24 dekabrь kunidagi “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʼalabaning 75 yilligiga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 260-sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida IIV Qashqadaryo akademik litseyda  9-may Xotira va Qadrlash kuniga bagʼishlangan “Xotira abadiy burch muqaddas” deb nomlangan  onlayin tadbir tashkil etildi.  

        Bunda guruh rahbarlari tomonidan oʼzlariga biriktirilgan guruh oʼquvchilariga “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʼalaba va unda ishtirok etgan Oʼzbekistonlik jangchilar toʼgʼrisida “Xotira abadiy burch muqaddas” deb nomlangan  mavzular tayyorlab ularning telegramm saytiga elektron shakli yuborildi.

        Аkademik litsey oʼquvchilari tomonidan oʼzlari yashaydigan xududlarida yashagan yoki yaqinlaridan 1941-1945 yillardagi ikkinchi jahon urushda ishtirok etgan  urush va mehnat faxriylarining matanotlari haqida taqdirlangan orden va medallari toʼgʼrisida insholar yozishib, video roliklar tayyorlab  tashkil etilgan  alohida telegramm saytlari orqali yuborishmoqda.  

         Oʼquvchilar tomonidan onlayn orqali yuborilgan insholar  masʼullar tomonidan oʼrganilib oʼtkazilgan tanlov gʼoliblariga hamda ularning tashkil etilishida faol ishtirok etgan guruh rahbarlariga akademik litsey rahbariyatining diplom va maqtov yorliqlari bilan onlayn tartibida taqdirlandi.

        Bundan tashqari akademik litsey baʼzi xodimlari muzeyiga tashrif buyurib,  9-may “Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan akademik litseyda tashkil etilgan “ichki ishlar organlarining tarixi” muzeyida 1941-1945 yillardagi urushda ishtirok etishib, keyinchalik IIIlarida kup yillar xizmat qilgan sobiq xodimlarni xotirlavchi eksponatlar hamda Birinchi Prezidentimiz I.А.Karimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Mangulikka daxldor umr” burchagi   bilan tanishdi.

Text to speech