Oʼz uyida marixuana giyohvandlik moddasini ekib parvarishlab ketayotgan fuqaro qoʼlga olindi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan 2020 yil 16 may kuni soat 11:50 larda Shahrisabz shahar “Kesh” MFYda yashovchi E.T.ning yashash uyi hovlisi va yordamchi xoʼjalik binolari koʼzdan kechirilganda, hovlisida boʼlgan ikki sotixlik issiqxona ichiga 1 tup, issiqxonaning tashqi tomonida 7 tup, jami 8 toʼp yashil rangli, oʼtkir hidli, oʼsimlik ekib parvarishlab yetishtirib kelayotganligi va yashash xonadonining chap tomonida boʼlgan xoʼjalik binosining derazasidan “Kent” nomli sigaret qutida boʼlgan qora rangli oʼsimlik urugʼlari va yashil rangli oʼtkir xidli oʼsimlikning quritilgan barglari borligi aniqlanib, ushbu holat tegishlicha hujjatlashtirilgan. T.E.ning yashash uyidan hujjatlashtirib olingan boʼyi 06 sm.dan 35 sm.gacha boʼlgan, yashil rangli, oʼziga xos oʼtkir hidli, ildizi bilan, poyalari tuklar bilan qoplangan, panja shaklida joylashgan, barglari soʼlimagan, poyasining qalinligi 1,0 mm.dan 4,0 mm.gacha boʼlgan, 8 toʼp nam holdagi (quritilmagan) oʼsimliklar tarkibida fenol guruppasini tutgan kannabinoidlar guruhiga kiruvchi aktiv modda tetragidrokannabinol mavjud boʼlib, bular kannabis oʼsimligi ekani, quritilmagan holatdagi 8 toʼp kannabis oʼsimligining jami sof ogʼirligi 21,3 gramm ekanligi koʼrsatilgan hamda hodisa joyning qoʼshimcha xoʼjalik binosining romlari ustidan hujjatlashtirib olingan, yashil rangli, oʼziga xos oʼtkir hidli, qoʼl bilan ushlab koʼrilganida quriq holdagi oʼsimlik moddasi tarkibida fenol gruppasini tutgan kannabinoidlar guruhiga kiruvchi aktiv modda tetragidrokannabinol mavjud boʼlib, bu marixuana boʼlib, quritilmagan holdagi jami sof ogʼirligi 0,6 gramm (tadqiqot mobaynida quritilmagan holdagi marihunnadan jami 0,1 gramm sarflandi va 0,5 gramm qolgan) ekanligi koʼrsatilgan. Bundan tashqari hodisa joyning quritilgan oʼsimlik bariglari bilan birga saqlanib kelayotgan joyda qogʼoz oʼramida tuxumsimon qisman pachoqlangan shakildagi oʼsimlik urugʼlari, kannabis oʼsimligining urugʼlari boʼlib, tarkibida aktiv kampanent tetragidrokannabinol aniqlanmaganligi uchun giyoxvandlik oʼsimligi takibiga kirmasligi koʼrsatilgan boʼlib, kannabis oʼsimli urugʼlarining sof ogʼirligi 1,7 gramm ekanligi koʼrsatilgan. Mazur holat boʼyicha TIIB TB tomonidan T.E.ga nisbatan Oʼz.Res JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.