28 Sentyabr 2022 yil 271

Uyiga velosipedda ketmoqchi edi

2022 yil 25 sentabr kuni Qarshi shahar IIOFMB 3-sonli IIBga Qarshi shahar “Otchopar” MFYda yashovchi E.M. murojaat qilib, noma’lum shaxs “Kama-24” rusumli velosipedini hovlisidan o‘g‘irlab ketganligini bildiradi.

Holat yuzasidan Qarshi shahar IIOFMB va viloyat IIB JXX PPX batalyoni xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida mazkur velosiped  G‘uzor tumani “Shakarbuloq” MFYda yashovchi U.O.dan tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Ayni kezlarda velosiped shaydosiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech