24 Aprel 2020 yil 627

Uyida “kannabis” oʼsimligini ekib parvarishlab kelayotgan shaxs oʼz vaqtida aniqlandi

2020 yil 23 aprelь kuni Qashqadaryo viloyati Koson tuman IIBga tushgan xabarga koʼra, Koson tumani “Paxtazor” MFYda yashovchi X.X.ning yashash uyi viloyat IIB tezkor vakillari va TIIB xodimlari tomonidan 2020 yil 20 aprelь kuni soat 13:00 larda, yashash uyi hovlisining ekin maydoni koʼzdan kechirilganida, yashash uyi hovlisiga darvozadan kirishda ekin maydonining chap tomon chetki qismining arigʼida, bir toʼp, oʼtkir xidli, yashil rangli, nam holatdagi oʼsimligiga alohida ishlov berilib, ostiga suv qoʼyilib, parvarish qilib kelinayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. VIIBning xulosasida, X.X.ning yashash uyi hovlisining ekin maydonidan bir toʼp, oʼtkir xidli, yashil rangli, nam holatdagi oʼsimlik tarkibida tetrogidrokannabinol giyohvand moddasi bor boʼlgan “kannabis” oʼsimligi ekanligi, nam holatdagi kannabis oʼsimligining uzunligi 74 sm ekanligi koʼrsatilgan. Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan X.X.ga nisbatan Oʼz.Res JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech