12 Dekabr 2022 yil 253

Uyda noqonuniy qurol saqlamang!

O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 31 maydagi “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-772-son Qonuni qabul qilindi. Ayni kezlarda kuchga kirgan qonunda mamlakatimizda o‘q otar va pnevmatik qurol saqlash qoidalariga tegishli tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Bu borada ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot va tashviqot ishlari natijasida fuqarolar o‘q otar va pnevmatik qurollarini o‘z ixtiyori bilan IIB ga topshirmoqda. Jumladan, Shahrisabz tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari natijasida Shahrisabz tumani “Uloch” MFYda yashovchi E.A. bir nilli, 4,5 kalibrli pnevmatik ov qurolini o‘z ixtiyori bilan topshirdi.

Bu boradagi targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.

Text to speech