17 Dekabr 2020 yil 664

UY OLMOQCHIMISIZ, MАRHАMАT

Mirishkor tumani Zafar qishlogʼida yashovchi M.Sh. Qarshi shahridagi “Gigant sifat oliy qurilish” XK tomonidan Qarshi shahar I.Karimov koʼchasida qurilayotgan koʼp qavatli uylardan sotib olish maqsadida 2019 yil 12-sentyabr kuni ushbu qurilish korxonasi bilan shartnoma tuzadi. Shartnomaga koʼra, qurilayotgan uyning А blokidagi koʼp qavatli uylardan birining 3-qavatidan 46,0 metr-kvadrat boʼlgan 1 xonalik uy uchun 2019 yil 12-sentyabr kunidan 2020 yil fevral oyiga qadar jami 18.235.000 soʼm miqdoridagi pullarni quruvchining bankdagi hisob raqamiga toʼlaydi. Аmmo xususiy korxonaning mansabdor shaxslari shu kunga qadar uyni qurilishini yakuniga yetkazmayotgani va qilgan toʼlovlarini ham qaytarib bermasdan kelgan.
Toqati toq boʼlgan M.Sh. Qarshi shahar IIO FMB 2-sonli IIBga ariza berdi. Boʼlim TB tomonidan holat yuzasidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech