O‘quv-seminari mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi
Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov
boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan tergovchi va
surishtiruvchilar ishtirokida videoselektor tarzida navbatdagi o‘quv-seminari
bo‘lib o‘tdi. Xodimlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida tashkil etilgan
o‘quv-seminarda korrupsiyaga oid jinoyatlar va dalillarni to‘plash, ularni
rasmiylashtirish, baho berish va isbot qilinishi lozim bo‘lgan holatlar
atroflicha ishtirokchilarga tushuntirildi. Tadbirda "Mazkur turdagi
jinoyatlar uchun tayinlanadigan jazo turlari” mavzusi bo‘yicha Tergov
boshqarmasi O‘MIB tergovchisi, mayor Sanjar Djabborov hamda taklif etilgan
viloyat Jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalari Shuhrat Rajabov va Fayoza Qambarova,
shuningdek, X.Sulaymonova nomidagi sud-ekspertiza markazi Qashqadaryo filiali
eksperti G‘.Elamonov tomonidan mavzuning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga
atroflicha yetkazildi. Ochiq muloqot
ruhida o‘tgan o‘quv seminarida ishtirokchilarning savollariga sud organlari xodimlari tomonidan javoblar berildi.