O‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022-yil 22-sentyabr kunidagi “Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini tashkillashtirish to‘g‘risida”gi va Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining 2024-yil 04-sentyabr kunidagi buyrug‘iga muvofiq, viloyat ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun boshqarma apparati, tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘limlar boshliqlari shaxsiy tarkibi bilan mashg‘ulotlar o‘quv guruhlari uchun alohida tasdiqlangan jadval asosida olib borildi.
Mashg‘ulotda boshqarma HS va TMHB, YHXB xodimlari ishitirokchilarga mashg‘ulotlar mavzulari doirasida ma’ruza qilib, tegishli Prezident farmonlari IIV buyruqlari va qonunchilikdagi yangiliklar mazmun-mohiyati haqida ishtirokchilarga tushunchalar berishdi.
Boshqarma va TVBSO xodimlari tomonidan qurol yarog‘larning texnik va taktik xususiyati haqida amaliy mashg‘ulotlar o‘tildi.
O‘quv mashg‘ulotlari davom ettirilmoqda.