28 Iyul 2022 yil 251

Oʼquv seminarida 3-sektor rahbari mahalla raislarining bilim va malakasini boyitdi

Yangi saylangan mahalla fuqarolar yigʼinlari raislarining ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi bilimlarini yanada oshirish, aholiga bugungi islohotlar mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq yetkazish maqsadida viloyat sektor rahbarlari tomonidan oʼquv seminarlari oʼtkazilmokda.
Qarshi davlat universitetida tashkil etilgan navbatdagi oʼquv seminarida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi 3-sektor rahbari polkovnik Shuhratjon Satvoldiev ishtirok etib, vohaning Shahrisabz shahri va Shahrisabz tumanida ilk faoliyat boshlagan mahalla fuqarolar yigʼinlari raislarining huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olishda profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, aholi bilan “fuqarobay”, “xonadonbay” ishlash mexanizmini toʼgʼri yoʼlga qoʼyish, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar hamda oila-turmush doirasidagi nizolarni oldini olish, aholi bandligini taʼminlashda eʼtibor qaratish lozim boʼlgan jihatlar xususida zarur koʼrsatma va tavsiyalarni berdi.
Inson qadri ulugʼlanayotgan mamlakatimizda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlardan unumli foydalanib, mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi hamda ayollar boʼyicha maslahatchilar hamkorlikda faoliyat yuritib, huquqbuzarliklarga barham berish, bunda yoshlar va ayollarni ish bilan taʼminlashning ustuvor vazifalari xususida seminar ishtirokchilarining bilim va malakasi boyitildi.

Text to speech