15 Iyul 2024 yil 577

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining Muvofiqlashtiruvchi Kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi

Mirishor tumani hokimligi majlislar zalida Mirishkor tumani prokurori — huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining Muvofiqlashtiruvchi Kengashi raisi Sardor Nazarov rahbarligida hududda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyat tanqidiy muhokama qilindi.

Tadbirda tuman hokimi Fayzullo G’ulomov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Farrux Yarkulov, tuman hokimligi, prokuratura, IIB, Mudofa ishlari bo‘limi, MIB, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, FVB, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Yoshlar ishlari bo‘limi, MMTB xodimlari hamda mahalla yettilig ishtirok etishdi.

Yig’ilish axborotidan:

Nazorat tadbirlarini amalga oshirish davomida 2024 yil 6 oyida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yo‘nalishida jami 85 ta tekshirish (tahlil)lar o‘tkazilib, aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan taqdimnoma, protest, ogohlantirish, intizomiy, ma’muriy, moddiy, jinoiy ish qo‘zg‘atish, da’vo arizalari kabi 572 taprokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilgan bo‘lsa, davlat manfaatini ko‘zlab sudlarga  1 mlrd 598 mln. 730 ming so‘mlik 98 ta arizalar kiritilgan hamda jami 603 mln. 006 ming so‘mlik zararlar ixtiyoriy undirilishi, 545 nafar shaxslar, shundan 293 nafar yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklanishiga erishildi.

Tadbir so‘nggida ta’kidlanganidek, hududda qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish bu faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarni vazifasi emas, balki O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasiga asosan adliya, davlat soliq xizmati, mehnat organlari, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining hududiy bo‘linmalari va boshqa mutasaddilar birdek mas’ul ekanligini unutmasligimiz zarur!

Text to speech