16 Iyul 2024 yil 856

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning muvofiqlashtiruvchi Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

G‘uzor tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2024 yilning o‘tgan 6 oylik faoliyati muhokama qilindi.

Yig‘ilishda tuman hokimi B.Suyunov, tuman prokurori R.Sayfiyev, tuman IIB boshlig‘i S.Qalandarov, hokim o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi boshliqlari, mahalla raislari va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Tanqidiy-tahliliy ruxda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan masʼullarga nisbatan chora ko‘rilishi va 2024 yil yakunidagi vazifalar belgilab olindi.

Text to speech