Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish kengashining yig’ilishi o’tkazildi
Qashqadaryo
viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i D.Xazratov, tuman hokimi T.Meyliyev
hamda tuman prokurori S.Nurmatov raisligida Kasbi tumani huquqni muhofaza
qiluvchi organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengashining kengaytirilgan
idoralararo yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda
tuman prokuraturasi, tuman hokimining o‘rinbosarlari, IIB, Milliy gvardiya,
Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Mahallalar uyushmasi, Kambag‘allikni
qisqartirish va bandlik bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, Maktabgacha
va maktab ta’limi, Madaniyat bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasi va boshqa
tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda
joriy yil o‘tgan davrida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni
oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda ijtimoiy – iqtisodiy
sohalar kesimida mavjud muammolar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqidiy
muhokama qilindi.
Bundan
tashqari, xizmat vazifasiga yuzaki va mas’uliyatsizlik bilan qarab,
qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qat’iy choralar
ko‘rilishi lozimligi ta’kidlandi.
Mas’ul
rahbarlarning hisobotlari tinglanib, Kengash qarori bilan hududda kriminogen
vaziyat barqarorligini ta’minlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar
hamda hokimlik, idora va tashkilotlarning hamkorligini yanada kuchaytirish
bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.