Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning muvofiqlashtiruvchi Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Chiroqchida
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tumanda qonuniylikni mustahkamlash,
fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda
huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2024 yilning o‘tgan 6 oylik
faoliyati muhokama qilindi.
Yig‘ilishda
tuman hokimi F.Yusupov, tuman prokurori J.Tursunov, tuman IIB boshlig‘i
Sh.Iskandarov, viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i D.Eshimov, hokim
o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, iqtisodiy
jinoyatchilikka qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi tuman
bo‘limi boshliqlari, mahalla raislari va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Tanqidiy-tahliliy ruxda bo‘lib o‘tgan
yig‘ilishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan chora ko‘rilishi
va 2024 yil yakunidagi vazifalar belgilab olindi.