12 Iyul 2024 yil 441

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va energetika sohasi vakillari ishtirokida energiya sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Mirishkor tumani prokurori Sardor Nazarov va IIB boshlig‘i G‘ayrat Xaydarovlar boshchiligida energiya resurslaridan oqilona foydalanish, qoidabuzarlik holatlarini aniqlash va choralar ko‘rish hamda boshqa masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda prokuratura, MIB, IIB, tumangaz bo‘limi, Mirishkor TET va Bahoriston ETK rahbar hamda xodimlari ishtirok etishdi.

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14 iyun kunidagi "Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimchaa chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16 apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, gaz va elektr energiyadan oqilona foydalanish, tejash, muqobil energiya manbalarini keng joriy etish, resurslardan qonunga xilof tarzda foydalanish bo‘yicha aniqlangan holatlarga tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha so‘z yuritildi.

Text to speech