20 Fevral 2021 yil 537

"Нuquqni muxofaza qiluvchi organlar, davlat organlari xamda fuqarolik jamiyati instituti xodimlari salohiyatini oshirish orqali odam savdosi bilan bogʼliq ishlarni tergov qilish va jinoiy javobgarlikka tortishni kuchaytirish”

2021 yil 18 fevral kuni Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazining Qashqadaryo viloyat boʼlimi tashabbusi bilan hamda Qashqadaryo viloyati IIB odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boʼlimi boshligʼi ishtirokida Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi ishchi guruhning tashkiliy yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Аytib oʼtilganidek, odam savdosining oldini olish va majburiy mehnatga qarshi kurashish, bu kabi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan targʼibot-tashviqot ishlarini olib borish, tarqatma materiallarni tarqatish, odam savdosida qoʼllaydigan vosita, usullaridan ogoxlik darajasini oshirish uchun ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanish zarurligini taʼkidlab oʼtildi. Odam savdosini oldini olish, qarshi kurashishda davlat tashkilotlariga koʼmaklashish, jabrlanuvchilarni qoʼllab-quvvatlash borasida olib borilatgan ishlar yuzasidan Odam savdosiga qarshi kurashish boʼyicha Ishchi guruhi aʼzolarining hisobotlarini tinglandi. Uchrashuv davomida Vazirlar Mahkamasining 08.02.2021 yildagi 60-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan " Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yoʼnaltirish tartibi toʼgʼrisida” nizomini muhokama qilindi. Yigʼilishning asl moxiyati, Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʼyicha viloyat xududiy komissiyasi ishchi guruhi aʼzolari hamkorlik samaradorigini oshirish va yoʼnaltirish mexanizmini oʼzaro aloqasini yanada kuchaytirishdan iborat edi. 

Text to speech