1 Mart 2024 yil
498
Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olishga har birimiz mas’ulmiz
Joriy
yilning 29-fevral kuni Fizika fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida
"Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarini oldini
olish” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev,
universitet profilaktika inspektori M.Jabbarov, fakultetning Yoshlar bilan
ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari F.Muqimov ma’ruza qildilar.
Xususan,
yoshlarni buzg‘unchi va zararli g‘oyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik,
loqaydlik, ma’naviy qashshoqlik kayfiyatidan asrashimiz zarurligini
ta’kidlanib, qonunlarga itoatkor bo‘lish, ilm bilan halol mehnat bilan
vatanimiz taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shishlari haqida tavsiyalar berildi.