1 Oktyabr 2021 yil 358

Ustozlarga ehtirom koʼrsatildi


IIV Qashqadaryo akademik litseyida 1 oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tadbir boʼlib oʼtdi. Unda viloyat IIB, boshqarma Faxriylar kengashi aʼzolari, litseyning oʼqituvchi va oʼquvchilari ishtirok etishdi. Tadbirni viloyat IIB boshligʼining oʼrinbosari polkovnik X.Bozorov ochib, boshqarma boshligʼining soha fidoyilariga yoʼllagan bayram tabrigini oʼqib eshittirdi.
Ustoz, oʼqituvchi, murabbiy deganda barchamizning koʼz oʼngimizda qoʼlimizga qalam ushlatib, ilk harf va yozuvni oʼrgatgan fidoyi muallim, hokisor inson gavdalanadi. Fidoyilik bilan oʼqituvchilikdek masʼuliyatli va sharafli kasbni eʼzozlab mehnat qilayotgan insonlarga har qancha ehtirom koʼrsatsak kam.
Oʼqituvchidan tashqari, hayotda inson turli mavzularda ustozlar oʼgitiga ehtiyoj sezadi. Аna shunday damlarda har qanday muammoga yechim topuvchi, yoʼl-yoʼriq koʼrsatuvchi murabbiy-ustozlarning beminnat koʼmagi hayot yoʼllarmizni yorituvchi mayoq boʼladi.
Tadbirda yosh avlodni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalab kelayotgan IIV Qashqadaryo akademik litseyining bir guruh oʼqituvchilari boshqarma rahbariyatining pul mukofoti va qimmatbaho sovgʼalari bilan taqdirlandi.

Text to speech