29 Sentyabr 2020 yil 686

Ustozlar eʼzozda!

         Yurtimizda turli bayramlar, xalqimiz tomonidan keng nishonlanadigan shodiyonalar koʼp. Аna shunday qutlugʼ ayyomlardan biri –“1-oktyabrь – Oʼqituvchi va murabbiylar kuni”dir. Bu sharafli kasb egalarining fidokorona va zahmatli mehnatlari shunchalar ulkanki, aslida biz ularni  har  kuni,  har  lahza  qadrlasak, eʼzozlasak  arziydi. 

         IIV Qashqadaryo akademik litseyida ichki ishlar sohasida hamda taʼlim tizimida uzoq yillar samarali faoliyat yuritib, yosh avlodni ona Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qoʼshadigan komil insonlar qilib tarbiyalashda fidoyilik koʼrsatayotgan ustozlar koʼpchilikni tashkil qiladi. Yaqinda viloyat IIB xodimlari ushbu taʼlim maskaniga tashrif buyurishib, bayram munosabati bilan ustozlarni qutlashdi va samimiy tilaklarini izhor qilishdi.

           Shuningdek, akademik litseyda masofaviy tarzda taʼlim olayotgan oʼquvchilar ham barcha ustozlariga bayram tabriklarini sogʼinchli dil soʼzlari hamda oʼqituvchi va murabbiylarni ulugʼlovchi joʼshqin sheʼrlari orqali ifoda etishmoqda. 

Text to speech