1 Oktyabr 2021 yil 420

Ustozlar bellashuvi


Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyati IIB tizimlarida uzoq yillar samarali xizmat qilib, bugungi kunda yoshlarga begʼaraz maslahatlarini berib kelayotgan bir guruh faxriylar shogirdlari bilan uchrashdilar. Samimiy, ochiq muloqot ruhida kechgan tadbirda faxriylar yosh xodimlarga xizmat va hayot yillarida sodir boʼlgan voqealar, yuzaga kelgan muammolarni yechish, qaltis vaziyatlarda toʼgʼri va oqilona qaror qabul qilish borasida oʼz maslaat va oʼgitlarini berishdi.
Tadbir yakunida faxriylar oʼrtasida sportning shaxmat va shashka turi boʼyicha musobaqa tashkil etildi. Shohmat musobaqasida Qarshi shahar IIOFMB faxriylar kengashi aʼzosi isteʼfodagi mayor Gʼulom Uzoqov gʼoliblikni qoʼlga kiritdi. Navbatdagi sovrinli oʼrinlarni isteʼfodagi mayor Nurjon Nurmatov va Qarshi shahar IIOFMB faxriylar kengashi raisi isteʼfodagi mayor Ibodulla Xusanov band etdi. Musobaqaning shashka yoʼnalishida esa viloyat IIB boshligʼining maslahatchisi podpolkovnik Zokir Obilovga teng keladigan raqib topilmadi. Isteʼfodagi polkovnik Ashurbay Bayraev va isteʼfodagi mayor Muxammadali Jovliev ham gʼolilik shohsupasidan joy oldi.
Gʼolib ustoz faxriylar boshqarma rahbariyatining medalьoni, diplomi va qimmatbaho sovgʼalari bilan taqdirlandi

Text to speech