8 Aprel 2021 yil 1714

2021 yil 8 aprel kuni Profilaktika kuni munosabati bilan Dehqonobod tumani Tibbiyot kollejining 1 va 2 bosqich talaba qizlari oʼrtasida tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxonaning tugʼriq boʼlimi ginekologlari,pediatr shifokorlari hamda tuman IIB HPB XQMB katta inspektori podpolkovnik N.Radjabova, kollej oʼqituvchilari bilan birgalikda « Oʼsmir qizlar oʼrtasida erta nikohning oldini olish va uning salbiy oqibatlari shuningdek Oʼzbekiston Respublikasida ayollar,bolalar va oʼsmirlarga samarali akusher ginekologik xizmatini tashkillashtirish hamda koʼrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada oshirish toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi VMning 352-sonli Qarori ijrosi yuzasidan davra suhbati oʼtkazilib,unda oʼsmir qizlar va ayollar salomatligini mustahkamlash, malakali yordam koʼrsatish,oilada sogʼlom turmush tarzini shakllantirish,erta turmushga chiqishni oldini olish va uning salbiy oqibatlari haqida fikr yuritildi.Davra suhbati davomida talaba yoshlar oʼzlarini qiziqtirgan savollar berishdi ,davra suhbati mazmunli oʼtdi.

Text to speech