Quroldan xavfsiz foydalanish qoidalari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi
Qashqadaryo viloyatida "Quroldan xavfsiz
foydalanish qoidalari"ga o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli maxsus o‘quv
kurslari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining
2023-yil 20-noyabrdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida ovchilar,
jamoat birlashmalari faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 609-son qarori talablariga muvofiq “Quroldan
xavfsiz foydalanish qoidalariga o‘qitish" bo‘yicha viloyat Ekologiya,
atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, viloyat IIB,
hamda Ovchi va baliqchilar sport birlashmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi
tomonidan tuzilgan o‘quv dasturiga asosan, qisqa muddatli 2-maxsus o‘quv
kurslari tashkil etilib, yangi shaxsiy o‘qotar ov qurol egalariga ov qilish
tartiblari va ov qurolidan to‘g‘ri foydalanish to‘g‘risida tushunchalar
berildi.