19 Iyul 2022 yil
670
O‘g‘rilik jinoyat fosh etildi.
Mirishkor tumani “Guliston” QFYda yashovchi otaxon Q.F. viloyat IIB “102” tizimiga murojaat qilib, yashash uyi atrofida bog‘liq holda turgan 1 bosh bozor bahosi 1.800.000 so‘mlik qo‘chqorini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirdi.
Holat yuzasidan Mirishkor tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni “Guliston” MFYda yashovchi K.J. sodir etganligi aniqlanib, undan bir bosh qo‘chqor hujjatlashtirib olingan.
Mirishkor tumani IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.