16 Avgust 2021 yil
491
Oʼgʼrilar qoʼshni mahallalik ekan
2021 yil 5 avgust kuni Chiroqchi tumani “Navroʼz” MFYda yashovchi Q.Oʼ. savdo doʼkonini ochib, bir dona noutbuk va kassadagi 1.200.000 soʼm pullari yoʼqligini bildi. Holat yuzasidan darhol Chiroqchi tuman IIBga xabar berdi. Tezkor xodimlar olib borgan surishtiruv ishlari davomida ushbu oʼgʼirlik jinoyatini Chiroqchi tumani “Doʼstlik diyori” MFYda yashovchi E.R. va Chiroqchi tumani “Olmazor” MFYda yashovchi D.R. sodir qilganliklari aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB 3-sonli IIB TG tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.