29 Mart 2022 yil
556
Oʼgʼrilar tezda topildi
2022 yil 21 mart kuni Shahrisabz tumani “Ravot” MFYda yashovchi B.D. tuman IIB boshligʼi nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2022 yilning 19 mart kunidan 20 mart kuniga oʼtar kechasi nomaʼlum shaxslar yashash xonadoniga gʼayriqonuniy ravishda deraza orqali kirib, yashash xonadonida boʼlgan 300 ming soʼm pullarini oʼgʼirlab ketganligini bildirgan.
Ushbu holat boʼyicha Shahrisabz tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni tumanda yashovchi J. D. va U.Sh. sodir etganligi aniqlanib, ulardan 300 ming soʼm pul tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tumani IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.