6 Aprel 2020 yil 683

Oʼgʼri oʼzoqqa bormadi

Nishon tuman IIBga 2020 yil 03 aprelь kuni tushgan xabarga koʼra, Nishon tumani “Yuksalish” MFY yashovchi M.K.M. TIIBga ariza bilan murojaat qilib, u oʼz arizasida, 2020 yil 03 aprelь kuniga oʼtar kechasi soat 01:30 larda, nomaʼlum shaxs Nishon tumani “Yuksalish” MFY hududida joylashgan “Nurbek Yuldoshxonovich” fermer xoʼjaligi yer maydonida bogʼlangan holatda turgan 1 bosh, bozor bahosi 4.000.000 soʼmlik hoʼkizini oʼgʼirlab ketganligini maʼlum qilgan. Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida, ushbu oʼgʼirlik jinoyatni, Koson tumani “Chiroqchi” MFYda yashovchi А.D.А. sodir etganligi aniqlanib, undan 1 bosh xoʼkiz tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan D.Аkbarovga nisbatan Oʼz.Res JKning 169-moddasi 1-qismi jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Dastlabgi tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech