21 Aprel 2022 yil 552

Oʻgʻri qoʻlga olindi

2022 yil 11 aprel kuni Qarshi shahar “Qavali” MFYda yashovchi B.L. ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxs 2022 yil 10 aprel kuniga oʼtar kechasi yashash xonadonining yon tomonida joylashgan qurilishi bitmagan turar joyidan bozor bahosi 6.000.000 soʼmlik, 3 bosh qoʼylarini oʼgʼirlab ketganligini bildirgan. Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni Qarshi shahar “Kat” MFYda yashovchi U.I. sodir etganligi aniqlangan. Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan U.I.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.

Text to speech