4 May 2022 yil 572

Oʼgʼri yoʼlovchi

Chiroqchi tumani Yangiqurilish qishlogʼida yashovchi I.S. 2022 yil 20 aprel kuni soat 16:00 larda oʼziga tegishli boʼlgan “Lasetti” rusumli avtomashinasi bilan Chiroqchi tumanidagi Toshkent ketadigan avtoturargohda turganida avtomashinaga yoʼlovchi sifatida bir nomaʼlum shaxs oʼtirgan. Oradan biroz vaqt oʼtib yoʼlovchi bozorga kirish uchun avtomashinadan tushib ketgan. Haydovchi I.S. kelib avtomashina bardachogida turgan 5.500.000 soʼm pullari yoʼqligini bildi.
Holat yuzasidan 102 xizmatiga xabar berdi. Chiroqchi tumani IIB JQG va HPB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida pullarni Shahrisabz tumani Chorbogʼ qishlogʼida yashovchi X.U. tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, undan 5.500.000 soʼm pullar ashyoviy-dalil sifatida olindi.
Chiroqchi tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.

Text to speech