O`rganishlar davom etmoqda
Joriy yilning 26-noyabr kuni Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Poʼlat Bobojonov boshchiligidagi IIV ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatining barcha shahar-tumanlarida jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlash va bu boradagi faoliyatni yanada jadallashtirish hamda ichki ishlar organlarining quyi tizimlariga amaliy yordam koʼrsatish ishlari yakuniga bag'ishlangan yigʼilishida bergan topshiriqlarining ijrosini taʼminlash maqsadida Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi, polkovnik Sh.Satvoldiev qizil hududga kiritilgan Chiroqchi tumanida bo'lib, undagi vaziyatni to'laqonli o'rganib, ko'rsatilgan kamchiliklar yuzasidan amaliy ishlarni olib bormoqda.
Boshqarma boshlig'i tomonidan hududdagi profilaktika inspektorlarining xizmat intizomini to'laqonli nazoratga olish, tayanch punktlari hamda inspektorlarga berilgan xizmat uylarining ahvoli ko'zdan kechirilib, undagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berildi. Shuningdek huquqbuzarlikning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida “xonadonbay” hamda “fuqarobay” usulida ishlar tashkil etildi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad esa kelgusida huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillarini o'zlariga biriktirilgan hududdagi har bir xonadonga kirib borib, oiladagi muammo va kamchiliklar o'rganilishlari va mahallarda jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi holatlarni ijobiy tomonga o`zgartirishdir.