22 Aprel 2024 yil 372

Unutmang, qonunni bilmaslik jazodan ozod etmaydi!

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul post xizmati batalyoni va Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari hamkorlikda “Xavfsiz shahar” profilaktik tadbiri doirasida Qarshi shahar hududida maqsadsiz yurgan fuqarolar, muqim yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar va nazoratsiz yurgan voyaga yetmaganlar, tilamchilar bilan bir qator profilaktik tadbirlarni amalga oshirildi.

Tadbir davomida jamoat joylarda daydi va darbadarlikda yurgan 2 nafar fuqarolarni  Qarshi shahar hududida aniqlab,  jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudining qaroriga asosan boshqarma Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan fuqorolarni reabilitatsiya qilish markaziga joylashtirildi.

Shahar hududidagi savdo majmualarida, markaziy ko‘chalarning chorrahalarida yurgan mehnat qilmasdan oson pul topishni o‘ylab, o‘zlariga tilamchilikni kasb qilgan ba’zi fuqarolarni shaxsiga oydinlik kiritish maqsadida Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga olib kelinib, ularning shaxsiga aniqlik kiritilganida, bir guruhi Qarshi tumanining “Paxtazor” mahallasida va ba’zilari Samarqand viloyati Jomboy tumani “Toshkent” mahallasida yashashi ma’lum buldi. Ularga nisbatan profilaktika inspektorlari tomonidan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi va hududiy  yashash joyiga jo‘natib yuborildi.

Qarshi shahar, “Gulshan” mahalalsida yashovchi 10 nafar ota-onalar voyaga yetmagan farzandlarini tarbiyalash va ularga ta’lim berish majburiyatini bajarmasdan tilamchilik qilishga jalb qilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi va 47-3 moddalari  bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Ota-ona yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz jamoat joylarida avtomobil balonlarini qoraytirish bilan shug‘ullanib yurgan 4 nafar voyaga yetmaganlar bilan profilaktik ishlar olib borilib, boshqarma Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. 

Jismonan va ruhan sog‘lom, mehnat qilishdan qochib, oson pul topishni o‘zlariga kasb qilib olgan  bu toifa shaxslarning xati-harakati uchun qonunda jazo belgilangan.

Text to speech