26 Avgust 2022 yil 308

Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishda Qarshi davlat universiteti tajribasini amaliyotda qo‘llash yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishda Qarshi davlat universiteti tajribasini amaliyotda qo‘llash yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor, Qarshi davlat universitetida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, «Talababay» ishlashning yangicha tartibi hamda ijarada yashovchi talabalarning xavfsizligi va huquqlarini himoya qilish maqsadida “Xavfsiz hudud - xavfsiz talaba” tamoyili bo‘yicha yangi yondashuv asosida samarali tizim yo‘lga qo‘yilgan.Xususan, oliy taʼlim muassasasida 2 nafar profilaktika inspektorlarining faoliyat boshlashi, hududning to‘liq videokuzatuv moslamalari bilan jihozlanishi, raqamli universitet markazining ishga tushirilishi (Talabalarning kundalik faoliyati, o‘quv, ilmiy va moliyaviy sohalar monitoringini yuritadi, universitet bo‘ylab barcha videokuzatuv jarayonlarini nazorat qiladi, boshqaruv jarayonini raqamlashtirishda asosiy bo‘g‘in hisoblanadi), talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlarida yashovchi talabalar bilan uzviy aloqani yo‘lga qo‘yilishi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda ijobiy natija bermoqda.Joriy yilning 26 avgust kuni huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda universitet tajribasini xalq taʼlimi tizimiga joriy qilish yuzasidan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi masʼul xodimlari, Qarshi shahar umumiy o‘rta taʼlim maktablari direktorlari, universitet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Dastlab qatnashuvchilar anʼanaga muvofiq, talabalar turar joylari, sport majmuasi va eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan raqamli universitet markazini ko‘zdan kechirdilar.O‘quv-seminarda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i R.Temirov, universitetning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar ishlar bo‘yicha birinchi prorektori E.Ibragimov, viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i I.Usmonov, Qarshi shahar 5-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi direktori L.Xolov so‘zga chiqib, umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil qilishda universitet tajribasini amaliyotda qo‘llash kutilgan samara berishini qayd etishadi. Seminarda, shuningdek, “Xavfsiz hudud – xavfsiz talaba” tamoyili asosida tayyorlangan videorolik namoyish etildi.

Text to speech