28 Avgust 2021 yil 404

Qoʼmondonning harbiylar bilan uchrashuvi


Joriy yilning 27 avgust kuni IIV Qorovul qoʼshinlari Qoʼmondoni polkovnik Xasan Batыrov Qarshi shahridagi 7533- harbiy qismga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Qoʼmondon harbiy qismda shaxsiy tarkib doimiy jangovar shayligi, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish bilan bogʼliq jarayonlarni koʼzdan kechirdi. Jangovar va kunlik xizmatni oʼtashda harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, xizmat samaradorligini oshirish hamda shaxsiy tarkibni jangovar tayergarligini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirish lozim boʼlgan vazifalar hamda tegishli tavsiyalar berdi.
Shundan soʼng Qoʼmondon harbiy qismda amalga oshirilayotgan qurilish taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari bilan ham tanishib, bu borada amalga oshirilishi lozim boʼlgan chora-tadbirlar boʼyicha masʼullarga topshiriq berdi.
Shaxsiy tarkib bilan umumiy yigʼilish oʼtkazgan Qoʼmondon davlatimiz mustaqilligining 30 yilligi bayrami bilan barchani qutlab, eng aziz, eng ulugʼ tadbirni munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash lozimligini taʼkidladi. Imkon boʼlsa bayramni oila davrasida oʼtkazish maqsadga muvofiq. Bayram arafasida faxriylar, boquvchisini yoʼqotganlar, nogironlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʼllab-quvvatlashga ham alohida eʼtibor qaratiladi.
Muhim siyosiy jarayon Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini munosib oʼtkazish va bu borada harbiy xizmatchilarning vazifalari xususida fikr almashilib, taklif va tavsiyalar berildi.

Text to speech