10 Dekabr 2022 yil 301

“Ulug‘ xalqning mangu qo‘shig‘i”

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Ulug‘ xalqning mangu qo‘shig‘i” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar xodimlari, Qarshi davlat universiteti hamda IIV Qashqadaryo akademik litseyi o‘qituvchilari ishtirok etdi. Uni viloyat IIB MMI va KBTX boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Shermuxammad Muslimov ochdi.

Yig‘ilishda so‘z olgan  Qarshi Davlat universteti tarix fakulteti dotsenti Toxir Qurbonov va IIV Qashqadaryo Akademik lesiyi Huquqshunoslik fani katta o‘qituvchisi G‘olibjon Xudoyqulov yurtimiz madhiyasi yangraganida, butun vujudimizni ana shu zaminga bo‘lgan g‘urur va iftixor tuyg‘usi qamrab oladi. Barchaga birdek yoqimli bu tarona xalqimiz shijoatiga shijoat, g‘ayratiga g‘ayrat baxsh etib, ularni yangidan-yangi marralar sari chorlaydi, - dedi.

Bastakor Mutal Burxonov va Abdulla Oripovning ulkan ijodiy salohiyati aks etgan tantanavor qo‘shig‘imiz boshlanishidan to oxirigacha qalbimizni hayajonga soladigan sehrga ega. Zero, ona Vatanimizga xos bo‘lgan barcha ulug‘vorlik va buyuklik unda mujassam.

O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov hamda O‘zbekiston xalq artisti, taniqli bastakor Mutal Burxonovning ijod mahsuli bo‘lgan boqiy qo‘shig‘imizda boy tariximiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik-osoyishtaligimiz, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.

Davlatimiz madhiyasi kelajagimiz egalarida ona Vatanga mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama yetuk va barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilayotir. Shu boisdan ham milliy timsolimiz mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimiz ozodligi, davlatimizning buyuk kelajagi haqida kuylaydigan, farovon jamiyat qurilishi yo‘lida fidokorona mehnat qilishga undaydigan umrboqiy qo‘shiqdir.

Tadbirda “OITS” kasalligi profilaktikasi” mavzusida viloyat “OITS”ga qarshi kurashish markazi oliy toifali shifokori Abdusamad Ro‘ziev ishtirokchilarga ma’ruza qildi.

Text to speech