Uy muzeylar tarixdan so‘zlar
Keyingi vaqtlarda boshqa
sohalarda bo‘lgani kabi ichki ishlar organlarida namunali xizmat qilib
pensiyaga kuzatilgan faxriy xodimlarning namunali va sharafli xizmat faoliyati,
yo‘lga qo‘yilgan ijobiy tajribalari bilan yoshlarni tanishtirish borasida qator
ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarda Vatanparvarlik, kasbga sadoqat, xalq
oldida ichki ishlar organlarining imidjini oshirish, xizmat faoliyati va hayoti
davomida erishgan muvaffaqiyatlarini ommalashtirish maqsadida “Uy muzeylari”
tashkil etilmoqda.
Qashqadaryo viloyatida ham uzoq
yillar ichki ishlar organlarida xizmat qilib, boy amaliy tajribasini yoshlarga
o‘rgatib kelayotgan, boshqarma “Faxriylar kengashi” a’zolari, iste’fodagi
polkovniklar Niyozmurod Ro‘zimurodov, Ashurbay Bayrayev, Abdirayim Ibodov va
Ismoil Ubaydullayevning “Uy muzeylari” tashkil etildi.
“Uy muzeyi”da bo‘lgan yoshlar faxriylarning
hayoti va xizmat faoliyati aks etgan eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.