Uy muzeylar tarixdan so‘zlar
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar
boshqarmasi huzuridagi “Faxriylar kengashi” raisi, iste’fodagi polkovnik Sodiq
Islomovning yashash xonadonida “Uy muzeyi” ochilishi munosabati bilan tadbir
bo‘lib o‘tdi.
“Uy muzeyi”ni ochilish tadbirida viloyat ichki
ishlar boshqarmasi rahbariyati, sohaviy xizmatlar xodimlari, faxriylar hamda
ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyi o‘quvchilari ishtirok
etishdi.
Tadbirda uzoq yillar ichki ishlar
organlarida namunali xizmat qilib nafaqaga chiqqan faxriyning namunali va
sharafli xizmat faoliyati, davlatimiz va ichki ishlar vazirligining mukofotlari
va faxriy unvonlar bilan taqdirlangani yo‘lga qo‘ygan ijobiy tajribalari,
yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi”, “Faxriylar o‘giti” kabi
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar aks etgan suratlari hamda ko‘rgazmali
eksponatlari haqida ishtirokchilarga
atroflicha ma’lumotlar berildi.
Yoshlar va aholi orasida
vatanparvarlik, kasbga sadoqat, hallolik va fidoyilik xislatlarini targ‘ib
etish maqsadida tashkil etilgan tadbirda faxriyning nafaqaga chiqqandan keyingi
faoliyati davomida erishgan yutuqlarini, boy amaliy tajribasini ommalashtirish
lozimligi ta’kidlandi.
Yosh xodimlarda burchga sodiq
qolgan holda halol va vijdonan xizmat qilish, xalq oldida ichki ishlar
organlarining imidjini oshirishga yo‘g‘rilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir
ishtirokchilarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.
Bu boradagi tadbirlar davom etmoqda.